Aziza KarimovaМатематика, Алгебра
- Обновлено: 18.11.2026
- 1 минут чтения
Uch oy — kam emas, lekin reja kerak. Asosiy xato: hamma mavzuni bir xil oʻrganishga urinish.
1-oy: diagnostika + boʻshliqlarni aniqlash. Har hafta bitta toʻliq variant yechib, xatolarni daftarga yozib boring.
2-oy: faqat zaif mavzular. Har kuni 40 daqiqa nazariya, 60 daqiqa amaliyot.
3-oy: vaqt boʻyicha mashq. Haqiqiy imtihon sharoitida, tanaffussiz, 3 soatlik variantlar.
Va eng muhimi — xatolar daftari. Har bir xato sababini yozing: bilmaslikmi, e’tiborsizlikmi yoki vaqt yetishmovchiligimi. Uchinchisi eng koʻp uchraydi.
