18-Noyabr, 21:29

Oʻquvchi uchun yoʻriqnoma

Bu qoʻllanma Taʻlim tarbiya portalida oʻqish uchun kerak boʻlgan hamma narsani tushuntiradi: kursga yozilish, darslarni topshirish, sertifikat olish.

1. Hisobga kirish

  • Saytning yuqori oʻng burchagidagi Kirish tugmasini bosing.
  • Login va parolni kiriting. Parolni unutgan boʻlsangiz — Parolni tiklash havolasidan foydalaning.
  • Kirgandan keyin yuqorida Kabinet havolasi paydo boʻladi — bu sizning shaxsiy sahifangiz.

2. Kursni tanlash

  • Kurslar boʻlimini oching.
  • Chapdagi filtrlar orqali fan, daraja va narxni tanlang.
  • Kurs kartochkasini bosib, tavsif, dastur va oʻqituvchi bilan tanishing.
  • Yoqqan kursda Kursga yozilish tugmasini bosing.

3. Toʻlov

  • Bepul kurslar darhol ochiladi.
  • Pullik kurslar uchun toʻlov sahifasi chiqadi. Toʻlov tasdiqlangandan keyin kurs kabinetda paydo boʻladi.
  • Toʻlov cheki Kabinet → Toʻlovlar boʻlimida saqlanadi.

4. Darslar

  • Kabinet → Mening kurslarim roʻyxatidan kursni oching.
  • Darslar ketma-ket ochiladi: avvalgisini tugatmasangiz, keyingisi ochilmaydi.
  • Har bir darsda video, matn va qoʻshimcha materiallar boʻlishi mumkin.
  • Dars oxirida Tugatdim tugmasini bosishni unutmang — progress shundan hisoblanadi.

5. Testlar

  • Test savollari dars ichida chiqadi.
  • Baʼzi testlarda vaqt chegarasi boʻladi — tayyor boʻlgach boshlang.
  • Oʻtish bali odatda 60%. Ball yetmasa, testni qayta topshirish mumkin.

6. Uy vazifasi

  • Uy vazifasi Kabinet → Vazifalar boʻlimida koʻrinadi.
  • Javobni matn sifatida yozish yoki fayl yuklash mumkin.
  • Oʻqituvchi baho va izoh qoldiradi. Izohni oʻqib chiqing — keyingi ishda foydali boʻladi.

7. Sertifikat

  • Kursning barcha darslarini tugatib, testlardan oʻtsangiz, sertifikat avtomatik beriladi.
  • Sertifikat Kabinet → Sertifikatlar boʻlimida.
  • Sertifikatdagi kod orqali istalgan kishi uning haqiqiyligini tekshira oladi.

8. Bildirishnomalar

  • Yangi dars, baho yoki eslatma haqida xabar qoʻngʻiroq belgisida chiqadi.
  • Ilovani telefonga oʻrnatsangiz, bildirishnomalar push orqali keladi.

Koʻp uchraydigan savollar

Kurs ochilmayapti. Toʻlov tasdiqlanmagan boʻlishi mumkin. Kabinet → Toʻlovlar boʻlimini tekshiring.

Progress yangilanmayapti. Sahifani yangilang; agar dars oxirida «Tugatdim» bosilmagan boʻlsa, progress saqlanmaydi.

Sertifikat chiqmayapti. Barcha darslar tugatilganini va testlardan oʻtilganini tekshiring.

Xodimlar (markaz, oʻqituvchi, registrator va boshqalar) uchun yo'riqnoma boshqaruv panelida — «Yo'riqnoma» menyusida.

Yuqoriga ↑