Oʻquvchi uchun yoʻriqnoma
Hech narsa topilmadi. Boshqa so'z bilan urinib ko'ring.
Bu qoʻllanma Taʻlim tarbiya portalida oʻqish uchun kerak boʻlgan hamma narsani tushuntiradi: kursga yozilish, darslarni topshirish, sertifikat olish.
1. Hisobga kirish
- Saytning yuqori oʻng burchagidagi Kirish tugmasini bosing.
- Login va parolni kiriting. Parolni unutgan boʻlsangiz — Parolni tiklash havolasidan foydalaning.
- Kirgandan keyin yuqorida Kabinet havolasi paydo boʻladi — bu sizning shaxsiy sahifangiz.
2. Kursni tanlash
- Kurslar boʻlimini oching.
- Chapdagi filtrlar orqali fan, daraja va narxni tanlang.
- Kurs kartochkasini bosib, tavsif, dastur va oʻqituvchi bilan tanishing.
- Yoqqan kursda Kursga yozilish tugmasini bosing.
3. Toʻlov
- Bepul kurslar darhol ochiladi.
- Pullik kurslar uchun toʻlov sahifasi chiqadi. Toʻlov tasdiqlangandan keyin kurs kabinetda paydo boʻladi.
- Toʻlov cheki Kabinet → Toʻlovlar boʻlimida saqlanadi.
4. Darslar
- Kabinet → Mening kurslarim roʻyxatidan kursni oching.
- Darslar ketma-ket ochiladi: avvalgisini tugatmasangiz, keyingisi ochilmaydi.
- Har bir darsda video, matn va qoʻshimcha materiallar boʻlishi mumkin.
- Dars oxirida Tugatdim tugmasini bosishni unutmang — progress shundan hisoblanadi.
5. Testlar
- Test savollari dars ichida chiqadi.
- Baʼzi testlarda vaqt chegarasi boʻladi — tayyor boʻlgach boshlang.
- Oʻtish bali odatda 60%. Ball yetmasa, testni qayta topshirish mumkin.
6. Uy vazifasi
- Uy vazifasi Kabinet → Vazifalar boʻlimida koʻrinadi.
- Javobni matn sifatida yozish yoki fayl yuklash mumkin.
- Oʻqituvchi baho va izoh qoldiradi. Izohni oʻqib chiqing — keyingi ishda foydali boʻladi.
7. Sertifikat
- Kursning barcha darslarini tugatib, testlardan oʻtsangiz, sertifikat avtomatik beriladi.
- Sertifikat Kabinet → Sertifikatlar boʻlimida.
- Sertifikatdagi kod orqali istalgan kishi uning haqiqiyligini tekshira oladi.
8. Bildirishnomalar
- Yangi dars, baho yoki eslatma haqida xabar qoʻngʻiroq belgisida chiqadi.
- Ilovani telefonga oʻrnatsangiz, bildirishnomalar push orqali keladi.
Koʻp uchraydigan savollar
Kurs ochilmayapti. Toʻlov tasdiqlanmagan boʻlishi mumkin. Kabinet → Toʻlovlar boʻlimini tekshiring.
Progress yangilanmayapti. Sahifani yangilang; agar dars oxirida «Tugatdim» bosilmagan boʻlsa, progress saqlanmaydi.
Sertifikat chiqmayapti. Barcha darslar tugatilganini va testlardan oʻtilganini tekshiring.
Xodimlar (markaz, oʻqituvchi, registrator va boshqalar) uchun yo'riqnoma boshqaruv panelida — «Yo'riqnoma» menyusida.