Aziza KarimovaMathematics, Algebra
- Updated: 18.11.2026
- 1 minutes to read
Kvadrat tenglama — maktab matematikasining eng muhim mavzularidan biri. DTM va milliy sertifikatda har yili kamida 2–3 ta masala shu mavzuga toʻgʻri keladi.
1. Diskriminant orqali: D = b² − 4ac. D > 0 — ikkita ildiz, D = 0 — bitta, D < 0 — haqiqiy ildiz yoʻq. 2. Vyeta teoremasi: x₁ + x₂ = −b/a, x₁ · x₂ = c/a. Ildizlarni tanlash kerak boʻlganda juda tez ishlaydi. 3. Toʻliq kvadrat ajratish: ax² + bx + c ni (x + m)² + n koʻrinishiga keltirish. 4. Grafik usul: parabola uchi va kesishish nuqtalari orqali. Maslahat: imtihonda avval diskriminantni tekshiring — agar D toʻliq kvadrat boʻlsa, ildizlar butun chiqadi va vaqt tejaydi.
