18-Noyabr, 21:29

Kvadrat tenglamalarni yechishning 4 usuli

Matematika

  • Yangilangan: 18.11.2026
  • 1 daqiqa o'qish

Kvadrat tenglama — maktab matematikasining eng muhim mavzularidan biri. DTM va milliy sertifikatda har yili kamida 2–3 ta masala shu mavzuga toʻgʻri keladi.

1. Diskriminant orqali: D = b² − 4ac. D > 0 — ikkita ildiz, D = 0 — bitta, D < 0 — haqiqiy ildiz yoʻq. 2. Vyeta teoremasi: x₁ + x₂ = −b/a, x₁ · x₂ = c/a. Ildizlarni tanlash kerak boʻlganda juda tez ishlaydi. 3. Toʻliq kvadrat ajratish: ax² + bx + c ni (x + m)² + n koʻrinishiga keltirish. 4. Grafik usul: parabola uchi va kesishish nuqtalari orqali. Maslahat: imtihonda avval diskriminantni tekshiring — agar D toʻliq kvadrat boʻlsa, ildizlar butun chiqadi va vaqt tejaydi.

Maqola muallifi

Aziza Karimova

Matematika, Algebra · 11 yillik tajriba

Darsga yozilish Barcha maqolalari